«Yuventus» yozgi transfer oynasida darvozabon pozisiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Foot Mercato ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi qiziqish bildirayotgan golkiperlar orasida «PSJ» a’zosi Lyuka Shevalye ham bor.
Ma’lumki, Lyuka Shevalye «PSJ»dagi ilk mavsumini murakkab o‘tkazdi. Shevalye mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshlagan edi, biroq qishda rossiyalik Matvey Safonovga raqobatda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bir necha hafta oldin matbuotda Shevalyening «PSJ»da asosiy darvozabon maqomini Safonovdan qaytarib olish istagi borligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli Lyuka Shevalyening transfer qiymatini 25 million yevroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0