«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska o‘zidan oldingi murabbiy Xosep Gvardioladan nusxa ko‘chirish niyati yo‘qligini aytdi.

«Qandaydir o‘xshash konsepsiyalar bo‘lishi mumkin, ammo har bir murabbiy individualdir. Boshqa murabbiylarning g‘oyalarini shunchaki nusxalab, tatbiq eta oladigan mutaxassislar bor deb o‘ylamayman — bu murakkab narsa. Men futbolga unday qaramayman va aynan shu sababli «nusxa ko‘chirish va joylashtirish» tizimiga ishonmayman», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Qayd etish joizki, o‘z vaqtida Enso Mareska «Manchester Siti»da Xosep Gvardiolaning murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Mustaqil ravishda esa Mareska bir qancha jamoalarni, jumladan, «Chelsi»ni boshqargan. «Aristokratlar» Ensoni 2026 yilning 1 yanvarida iste’foga chiqarishgan edi.

Manba: Stadion.uz