Erkin agent Yulian Brandt Dortmundning «Borussiya» klubini tark etgach, faoliyatini Angliya yoki Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sports ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik yarim himoyachi «Lids» va «Ayaks» klublaridan taklif olgan. Bunda futbolchining o‘zi «Lids»ga o‘tishga ko‘proq moyil bo‘lib turibdi, chunki uni Angliya chempionatida to‘p surish imkoniyati ko‘proq o‘ziga jalb qilmoqda.
Shuningdek, Brandt yaqin orada muayyan taklif tushsa, A Seriyaga ko‘chib o‘tish variantiga ham ochiq.
«Lids» kelishuv bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Futbolchining otasi va agenti Yurgen Brandt yaqinda klubning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdi.
O‘tgan mavsumda 30 yoshli Brandt klub darajasidagi 41 ta o‘yinda 11 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Germaniya terma jamoasi safida 48 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0