So‘nggi soatlar va kunlarda matbuot «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandeni «Real», «Manchester Siti» va yana bir qancha top-klublar bilan bog‘lamoqda. Biroq Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, avvalroq ivuarlik futbolchi xizmati «Barselona»ga taklif qilingan edi.

Bu voqea may oyida yuz bergan: «Barselona»ga Diomande nomzodi taklif qilingan, ammo Deku va Xans-Diter Flik boshqa futbolchi — «Nyukasl»dan Entoni Gordonni sotib olishga qaror qilishgan.

Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari 19 yoshli Yan Diomandeni 90 million yevroga baholashmoqda. Aslida esa «RB Leypsig» vingerni bundan ham yuqoriroq summaga sotishni rejalashtirgan. Diomandening «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz