Milanning «Inter» klubi jamoa markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissek bilan hamkorlikni uzaytiradi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallanadi. Kelishuv shartlariga muvofiq, Bissek uchun yangi maosh miqdori ko‘zda tutilgan.
25 yoshli germaniyalik futbolchi 2023 yilning iyul oyidan beri «neradzurrilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari Bissekning bozor qiymatini 50 million yevroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0