Italiyaning «Komo» klubi Londonning «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Tomonlar transferning moliyaviy tomoni bo‘yicha hali bir qarorga kela olishmayapti. «Aristokratlar» rahbariyati futbolchining sotuvidan kamida 30 million yevro ishlab olmoqchi. «Komo» esa hozircha markaziy himoyachi pozisiyasi uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Chalobaning o‘zi joriy yozda boshqa klubga o‘tishga manfaatdor.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida himoyachi londonliklar safida 34 ta o‘yin o‘tkazdi. Trevo 3 ta gol urdi, 3 ta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0