Jahon chempionati finalida g‘alaba golini kiritgan Ferran Torres sochlarini Ispaniya terma jamoasining ramziy ranggi bo‘lmish qizil rangga bo‘yadi, shuningdek, Donald Trampning saylovoldi shiori — Make America Great Again («Amerikani yana buyuk qilaylik») yozilgan bosh bog‘ichini taqib oldi. Trampning o‘zi ispaniyalik futbolchining bu harakatidan hayratda qoldi va xursand bo‘ldi.
«Hamma shuhrat qozonishni xohlaydi. U — ajoyib o‘yinchi. Menimcha, u buni eng ezgu niyatlar bilan qildi. Biz buni yuqori baholadik», — deya Trampning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Argentinani mag‘lubiyatga uchratdi va aynan Ferran Torres qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba to‘pini kiritdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0