Kolumbiyalik futbolchi Xuan Kintero o‘zining hozirgi klubi — Argentinaning «River Pleyt» jamoasini tark etmoqda. Kelishuv tomonlarning o‘zaro roziligi va manfaati asosida bekor qilindi, deya aniqlik kiritadi Argentinaning eng kuchli klublaridan birining matbuot xizmati.

Biroq bu tinchgina xayrlashuv emas — avvalroq Kintero klub bosh murabbiyining qarorlarini ancha keskin tanqid qilgan edi. Oqibatda, 2018 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan faxriy futbolchiga o‘z joyi ko‘rsatib qo‘yildi.

Kintero klubdagi ilk mavsumidayoq «River Pleyt»ning XXI asrdagi eng muhim gollaridan biriga mualliflik qilgan edi — o‘shanda u Madridda o‘tkazilgan Libertadores Kubogi finalida «Boka Xuniors» darvozasini ishg‘ol etgandi.

Manba: Stadion.uz