«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa sardori Bruno Gimaraesning ehtimoliy ketishi borasida o‘z fikrini bildirdi. «Arsenal» shu yozda yarim himoyachini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, ammo «Nyukasl» o‘z sardori bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas.
«Qarg‘alar» 28 yoshli yarim himoyachini taxminan 116 million yevroga baholamoqda, londonliklar esa 81 million yevro atrofida taklif qilishga tayyor.
«Biz eng yaxshi futbolchilarimizni yo‘qotishni istamaymiz. Bu tabiiy hol. Bunday o‘yinchilarning ketishi biz uchun og‘riqli va qiyin bo‘lardi», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Shields Gazette.
Braziliyalik futbolchining iyul oyi oxirida mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0