«Bavariya»da sport direktori lavozimini egallab turgan Kristof Froynd Maykl Oliseni «Real» bilan bog‘lashayotgan mish-mishlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
«Olise va «Real» haqidagi mish-mishlarmi? Bu biz uchun umuman mavzu emas. Biz Mayklning ta’tildan qaytishini intiqlik bilan kutyapmiz. Olise yangi mavsumda ham, xuddi o‘tganida bo‘lgani kabi, «Bavariya»da muhim rol o‘ynaydi», — deya Froyndning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
24 yoshli Maykl Olisening bozor qiymati 170 million yevroga baholanmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0