Xulian Alvares Angliya Premyer-ligasida paydo bo‘lishi mumkin — «Arsenal» argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi kutilmoqda. Marca nashri sahifalarida Alvaresning kelajagiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Materialda ta’kidlanishicha, «Arsenal» Alvares uchun 100 million yevro va Viktor Dyokereshni taklif qilishga tayyor.

«Atletiko» 26 yoshli Alvaresni jamoada saqlab qolish niyatida, ammo gap Ispaniyadan tashqaridagi klubga transfer qilish haqida ketsa, madridliklar muzokaralar uchun ochiq bo‘lishlari mumkin.

Avvalroq Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tishni xohlashiga shama qilgan edi. «Atletiko» esa, aftidan, forvardni «ko‘k-anorranglilar»ga sotish kayfiyatida emas.

Manba: Stadion.uz