«Barselona» «Kamp Nou» stadionini rekonstruksiya qilish vaqtida halok bo‘lgan 54 yoshli ishchining oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Baxtsiz hodisa juma kuni qurilish ishlari jarayonida yuz bergan. Cadena SER nashrining rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlariga ko‘ra, erkak bo‘yoqchilik ishlarini bajarayotgan bo‘lgan va ko‘tarish platformasida turgan vaqtida qurilish to‘sini bilan to‘qnashib ketgan.
«Barselona» «Kamp Nou» rekonstruksiyasi chog‘ida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida ishchining halok bo‘lganidan chuqur afsusda», — deyiladi klub bayonotida.
Kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta halok bo‘lgan ishchining oilasiga shaxsan hamdardlik bildirdi va klub tomonidan barcha zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Hodisa yuzasidan Kataloniya polisiyasi va mintaqaviy Biznes va mehnat departamenti surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu 2023 yilda rekonstruksiya ishlari boshlanganidan beri inshootda qayd etilgan ilk o‘lim holatidir.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0