O‘tgan yili Lionel Messi jarohati bo‘lmasa-da, yulduzlar o‘yinini o‘tkazib yuborgani uchun diskvalifikasiya qilingan edi. Bu yil ham Messi bunday shou-o‘yinda maydonga tushmaydi — «Inter Mayami» forvardi qaydnomada almashtirilgan futbolchilar orasida bo‘ldi. Biroq, The Athletic nashri xabariga ko‘ra, bu safar Lionel diskvalifikasiyadan qutulib qoldi.

2026 yilgi mavsum boshlanishidan oldin MLS va MLS Futbolchilar assosiasiyasi Jahon chempionati ishtirokchilari terma jamoalardagi o‘yinlardan so‘ng hordiq chiqarishlari uchun ular bo‘yicha yakka tartibda qaror qabul qilinishiga kelishib olishgan edi. Shu tariqa, Lionel Messi hech qanday sanksiyalarsiz MLS yulduzlar o‘yinidan ozod etildi.

Manba: Stadion.uz