«PSJ» «Monako» yarim himoyachisi Magnes Akliushni sotib olish bo‘yicha yangi urinishni rejalashtirmoqda.

L’Équipe nashri ma’lumotlariga ko‘ra, parijliklar 24 yoshli yarim himoyachi uchun 50 million yevro taklif qilishni ko‘zlashmoqda. Avvalroq «Monako» «PSJ»ning uchta taklifini, jumladan 40 million yevrolik so‘rovni ham rad etgan edi.

Liga 1ning o‘tgan mavsumida Akliush 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz