«Roma» «Bolonya» hujumchisi Santyago Kastroni transfer qilishga yaqin turibdi.

Rimliklar 21 yoshli argentinalik futbolchi uchun 30+5 million yevro taklif qilishgan, hozirda tomonlar bonuslar tafsilotini muhokama qilishmoqda, xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Kastroning o‘zi «Roma»ga o‘tishga rozilik bergan.

O‘tgan mavsumda hujumchi A Seriyaning 35 ta o‘yinida 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, «Bolonya»ning ikkinchi to‘purariga aylandi.

Manba: Stadion.uz