«Los-Andjeles» hujumchisi Son Xyon Min «Kanzas Siti»ga qarshi kechgan bahsda (4:0) gol urdi.

Janubiy Koreya terma jamoasining 34 yoshli hujumchisi JCH-2026 ishtirokidan so‘ng maydonga tushgan barcha o‘yinlarida ajralib, MLSdagi golli seriyasini 3 ta o‘yinga yetkazib oldi.

Umuman olganda, u liganing joriy mavsumidagi 16 ta o‘yinda o‘z hisobiga 3 ta gol va 8 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz