«Inter» sport direktori Pyero Auzilio Milan klubi «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.

«Bizning qiziqayotganimiz aniq, bu haqiqat. Biz uning agenti va «Tottenxem» bilan gaplashdik. Natijasi nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi», — deya Auzilio so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.

Romero shu yozda «Tottenxem»ni tark etishi kutilmoqda. U o‘tgan yili uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi, ammo «shporlar» APLda ketma-ket ikki mavsum 17-o‘rinni egallaganidan so‘ng jamoadan ketishni xohlamoqda.

Biroq, xabarlarga ko‘ra, Romeroni sotib olish «Inter» uchun moliyaviy jihatdan murakkab kechadi, shu sababli bu transfer tez orada hal bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

Manba: Stadion.uz