«Chelsi» yaqin kunlarda «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Maksans Lakruaning transferini 52 million funt sterling evaziga yakunlashi kutilmoqda.
«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi va murabbiyi Jodi Morris Lakruaning Fransiya terma jamoasi safida JCH-2026dagi o‘yinidan xavotirda — u yerda futbolchi bosh sovrin uchun kurashadigan jamoa talab qilgan darajani ko‘rsata olmadi.
«Menimcha, Lakrua o‘tgan yili «Kristal Pelas»da uchta himoyachidan iborat sxemada ajoyib harakat qildi, ammo «Pelas»da va «Chelsi»da o‘ynash — butkul boshqa-boshqa narsalar», — dedi Morris.
«Fikrimcha, u Fransiya terma jamoasi safida yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Do‘stlarimga uning to‘rtta himoyachilik sxemada qanday o‘ynashini ko‘rish qiziq ekanini aytgandim, chunki uni ilgari faqat uchta himoyachilik tizimda ko‘rganman.
U Ispaniyaga qarshi juda yomon o‘yin o‘tkazdi, shuningdek, Fransiya 6 ta gol o‘tkazib yuborgan Angliyaga qarshi bahsda ham yaxshi taassurot qoldirmadi. U jamoamizga mos kelishi mumkin, ammo Alonso tarkibni qanday shakllantirishini ko‘rish men uchun qiziq.
Agar biz uni sotib olayotgan bo‘lsak, u har safar bunday o‘yin ko‘rsatmaydi, deb umid qilaman».
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0