«Liverpul» Neshvilldagi «GEODIS Park» stadionida o‘tkazilgan mavsumoldi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida «Sanderlend» ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, Andoni Iraola davrini muvaffaqiyatli boshladi.

Klub akademiyasi yulduzi Kiran Morrison hisobni ochgan bo‘lsa, Enso Le Fe «qora mushuklar»ning javob goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Timur Tuterov «Senderlend»ni oldinga olib chiqdi, ammo «Liverpul» bunga munosib javob qaytardi.

Dominik Soboslai bahsda muvozanatni tikladi, Federiko Kyeza mersisaydliklarni yana oldinga olib chiqdi, o‘yin yakunida esa Lyuis Kumas yakuniy hisobni o‘rnatdi va Iraolaga jamoa boshqaruvidagi ilk o‘yinida g‘alaba taqdim etdi.

Manba: Stadion.uz