Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres vinger Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetishiga qaramay, uning narxini 160 million yevro qilib belgiladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 160 million yevrodan kam bo‘lgan taklif tushgan taqdirda «qaymoqranglilar» hatto muzokaralar stoliga ham o‘tirishmaydi. Ta’kidlanishicha, «Real» ushbu summaga vingerning sermahsulligi va jamoadagi faoliyati davomida qo‘lga kiritilgan sovrinlarga qo‘shgan hissasini ham kiritgan.
Manba «Arsenal»ning Vinisiusga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi, ammo klublar o‘rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini ta’kidladi. «Kanonirlar» futbolchi «Real» bilan shartnomasini uzaytmasligi aniq bo‘lgachgina harakatni faollashtirishadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0