Ukrainalik markaziy hujumchi Artem Dovbik «Roma»ni tark etib, faoliyatini boshqa Italiya jamoasida davom ettirishi mumkin.
Hujumchini «Fiorentina» o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Agar Moyze Kin jamoani tark etsa, florensiyaliklar Dovbik xizmatiga murojaat qilishadi. Kinning xizmatlariga esa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan «Komo» klubi qiziqish bildirmoqda.
29 yoshli ukrainalik futbolchi 2024 yilning avgustidan beri «bo‘rilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning rimliklar bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, transfer qiymati esa 15 million yevroni tashkil etadi.
A Seriyaning o‘tgan mavsumida Dovbik 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0