«Barselona» 2027 yilning yozida shartnomasi yakuniga yetadigan hujumchi Ferran Torres bilan kelishuvni uzaytirishni istamoqda, biroq moliyaviy shartlarni yaxshilash imkoniyati cheklangan. Chunki klub ish haqi fondi va jamoaning umumiy byudjeti bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlarga amal qilishi zarur. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati forvardga boshqa jamoalar, xususan, Torresga qiziqish bildirayotgan «PSJ» taklif qiladigan darajadagi sharoitlarni bera olmasligini tan olmoqda. Shu bilan birga, «Barselona» kelasi yozda futbolchining erkin agent sifatida tekinga tark etishining oldini olmoqchi. Ta’kidlanishicha, «Barselona» ichida yangi hujumchi xarid qilinishi haqidagi muntazam mish-mishlar sababli futbolchining o‘zi ham jamoadan ketishni istayotgani haqida fikrlar mavjud.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0