Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng, tajribali himoyachi Emerik Lyaport «Barselona»ga o‘tishga tayyorligini bildirgan edi. Biroq Kataloniya klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish variantini rad etdi.
Ispaniyadagi manbalarning xabar berishicha, «Atletik Bilbao»ning 32 yoshli markaziy himoyachisi turnir davomida «Barselona»ga o‘tishga qiziqish bildirgan. Ammo klub sport rahbariyati uni 2026/27 yilgi mavsum uchun ustuvor nishon sifatida ko‘rmayapti.
Bosh murabbiy Xansi Flik tarkibdagi mavjud himoyachilar — Pau Kubarsi, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Erik Garsiya va Jyul Kundening imkoniyatlaridan to‘liq qoniqmoqda. Shuningdek, klub rahbariyati yosh Alvaro Kortes hamda Jerar Martinga ham ishonch bildirmoqda.
Yana bir muhim omil — Laportning shartnomaviy vaziyatidir. Ispaniya terma jamoasi a’zosining «Atletik» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan va «Barselona»dagi ma’lumotlarga ko‘ra, unda aniq tovon puli ko‘rsatilmagan. Demak, transferni amalga oshirish uchun Bask klubi bilan muzokaralar o‘tkazish talab etiladi.
Ayniqsa Niko Uilyams transferi atrofida ikki klub o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlikdan so‘ng, «Barselona» yana bir murakkab muzokaralar xavfini bo‘yniga olishni istamayapti va shu yozda Laport uchun taklif yubormoqchi emas.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0