«Roma» «Bolonya» hujumchisi Santyago Kastroning transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsio o‘zining rasmiy saytida xabar berishicha, rimliklarning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik ushbu kelishuvning bir qismiga aylanishi mumkin.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Roma» yaqin soatlar ichida transferni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. «Bolonya» kelishuvni yakunlash uchun o‘z shartlarini ilgari surib bo‘lgan. Argentinalik futbolchining o‘zi ham yangi klubga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, Kastroning transferini yengillashtirish maqsadida Artyom Dovbik «Bolonya»ga ijara huquqi asosida berilishi mumkin. Yakuniy kelishuvga erishish uchun yaqin soatlarda klublar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0