«Bolonya» «Roma» hujumchisi Artyom Dovbikni ijaraga olish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Insayder Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, Artyom «Bolonya» bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bilan allaqachon muloqot qilgan va bitim yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Dovbik 14 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz