«Xetafe» hujumchisi Borxa Mayoral futbolchilarning muammolari va ruhiy salomatligi haqida fikr bildirdi.
«Bu endi taqiqlangan mavzu emas, lekin balki kiyinish xonasida bir-birimizga juda ochilib ketmasdirmiz, garchi jamoadoshlar bunday narsalarni sezishsa-da. Men kouchlar va psixologlar bilan ishlaganman, turli usullarni, jumladan, o‘zimni boshqarishni o‘rganganman.
Biz — insonmiz. Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kerak yoki ularni professionallar qo‘liga topshirish lozim. Bu xato — biz har kuni hatto o‘zimiz tanimaydigan odamlarning tanqidiga duch kelamiz va bu bizga ta’sir qiladi, hammasi yetib keladi.
Hammamiz har xilmiz. Menga bu kabi narsalarni yaqinlarim, akam, ertalab soat oltida turadigan Parladagi do‘stlarim bilan muhokama qilish yordam beradi. Bunday suhbatlar menga ruhiy jihatdan ko‘maklashadi, qayerdan ekanimni yodda tutishimga yordam beradi.
Ba’zan olgan jarohatimdan yoki murabbiy meni tarkibga qo‘ymayotganidan shikoyat qilaman, keyin esa o‘zim yoqtirmagan ishida 12 soatdan ishlayotgan Parladagi do‘stimga qarayman.
O‘shanda o‘zimga aytaman: biz, futbolchilar, sevgan ishimiz bilan shug‘ullanamiz, ko‘p pul topamiz va ko‘pchilik odamlar bizning o‘rnimizda bo‘lishni xohlagan bo‘lardi», — dedi Mayoral.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0