Argentinalik yarim himoyachi Esekiel Barkoning fikricha, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi o‘yindan keyin milliy jamoa safida boshqa maydonga tushmaydi.
Barko bu haqda «Chempionat» muxbiri Ilya Nikulnikovga bergan intervyusida gapirdi.
«Menimcha, Ispaniyaga qarshi jahon chempionati finali Messining terma jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘ldi. Albatta, barcha uning, ehtimol, faoliyatini davom ettirishini kutmoqda. Lekin mening nazarimda, u allaqachon yetarlicha ish qildi. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Albatta, biz barchamiz juda xafamiz va afsusdamiz. Ammo, menimcha, bu uning milliy jamoadagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi», — dedi Barko.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
39 yoshli Lionel Messi ushbu jahon chempionatida 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0