«Lids» klubi vinger Jek Xarrisonning MLSning «Nyu-Inglend Revolyushn» klubiga o‘tganini e’lon qildi.
29 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan to‘liq shartnoma imzoladi, transfer summasi esa oshkor qilinmayapti.
Xarrison ilk bor 2018 yilning yozida «Manchester Siti»dan ijara huquqi asosida «Lids»ga kelib qo‘shilgan edi. U Marselo Byelsa boshchiligidagi jamoaga Chempionshipda g‘alaba qozonish va 16 yillik tanaffusdan so‘ng Premyer-ligaga qaytishda yordam bergan.
2021 yilning yozida «Lids» angliyalik futbolchining transferini to‘liq sotib oldi. Keyingi mavsumda uning «Brentford»ga qarshi o‘yinning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida urgan goli klubga APLdagi o‘rnini saqlab qalishga yordam berdi.
2025/26 yilgi mavsumda Xarrison «Lids» safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan so‘ng ijara asosida «Fiorentina»ga yo‘l oldi. Italyan klubi tarkibida u 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0