«Milan» hujumchisi Rafael Leau Braziliya chempionati doirasidagi «Santos» va «Shapekoense» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Portugaliyalik futbolchi ta’tilini Braziliyada o‘tkazmoqda. Oldinroq u «Korintians» bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan, so‘ngra o‘zi bolalikdagi kumiri deb atagan Neymarning o‘yinini tomosha qilish uchun kelgan edi.

Braziliyalik yulduz o‘yinda dubl qayd etdi va bahsdan so‘ng Leauga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi. shuningdek, tribunada «Milan» futbolchisiga uning familiyasi tushirilgan «Santos» libosi ham topshirildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0