«Liverpul» Alisson Bekerni jamoada saqlab qalishga qaror qilgach, Georgiy Mamardashvilini keyingi mavsum uchun ijaraga berib yuborishni rejalashtirmoqda.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, «qizillar» rahbariyati Gruziya terma jamoasining 25 yoshli darvozaboni uchun allaqachon yangi klub izlashni boshlagan.

Oldinroq «Yuventus» Alissonga qiziqish bildirgan edi, biroq «Liverpul» uni sotishdan voz kechdi va braziliyalik posbonni yangi mavsumda ham jamoaning birinchi raqamli darvozaboni sifatida qoldiradi.

Mamardashvili 2025 yilning yozida «Valensiya»dan 30 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tgan edi, ammo Alissonni tarkibdan siqib chiqara olmadi. O‘tgan mavsumda u 20 ta o‘yinda maydonga tushib (3 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan), 34 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Manba: Stadion.uz