«Manchester Yunayted» va «Yuventus» klublari «Bolonya»ning markaziy himoyachisi Jon Lukumiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar beradi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi 28 yoshli futbolchi uchun 18 million yevro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan. Ta’kidlanishicha, «qizil iblislar» «Bolonya» uchun bundan manfaatliroq taklif berishga qodir.

2026 yilgi Jahon chempionatida Lukumi Kolumbiya terma jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushdi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi klub miqyosidagi barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz