Hujumchi Edin Jeko «Shalke» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
40 yoshli futbolchining yangi bitimi 2027 yilning iyun oyigacha mo‘ljallanadi. Jeko jamoaning Bundesligaga qaytishidan so‘ng ham klub sharafini himoya qilishda davom etadi.
Bosniyalik hujumchi «Shalke»dagi faoliyatini davom ettirish uchun A Seriya va MLS klublari, shuningdek, Germaniyaning boshqa jamoalaridan tushgan takliflarni rad etdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0