«Inter» sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Pyero Auzilio klubning transfer bozoridagi ishlari haqida gapirib o‘tdi.

Funksionerdan yaqinda Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tgan Denzel Dyumfrisning o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisini qidirish jarayoni qanday kechayotgani haqida so‘rashdi.

«Hozircha nomzodlar yo‘q. Afsuski, Xalaili bilan muammo yuzaga keldi va bu bizni sekinlashtirdi. Ammo hozir iyul oyining oxiri va transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir oydan ortiq vaqt bor. Vaziyat loyihamiz va ehtiyojlarimizga mos keladigan futbolchini shoshilmasdan izlashga imkon beradi», — deydi Auzilio Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Anan Xalaili bir necha kun oldin «Inter»ga o‘tishi kerak edi. Biroq Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluaz» klubining 21 yoshli futbolchisi tomonidan topshirilgan tibbiy ko‘rik natijalari «neradzurrilar»ni qoniqtirmadi.

Manba: Stadion.uz