«Real» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandeni sotib olishga yaqinlashdi.

Insayder Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi 19 yoshli futbolchining o‘tishi bo‘yicha «Leypsig» bilan prinsipial kelishuvga erishgan. Ivuarlik futbolchining o‘zi avvalroq «Real» bilan besh yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan edi.

Diomande 2025 yilning yozidan beri Germaniya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bundesligadagi debyut mavsumida vinger 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz