Angliyaning "Fulxem" klubi "Real" hujumchisi Gonsalo Garsiyaning transferi uchun katta summa ajratishga tayyor. Klubning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa aynan ushbu futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Ispaniyalik mutaxassis ilgari Madridda birga ishlagan forvard bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar beradi.
Ispaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, "Real" Garsiyani sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi madridliklarning asosiy jamoasi safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ilgari Gonsalo Garsiya "Real Madrid Kastilya" yoshlar jamoasida to‘p surgan bo‘lib, 2024/2025 yilgi mavsumda 73 ta uchrashuvda 30 ta gol urishga erishgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0