«Manchester Yunayted» «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirishda davom etmoqda. «Bo‘rilar» 25 yoshli futbolchini 60 million yevroga baholamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyatida Koneni ko‘rsatilgan summaga sotib olish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha yagona fikr yo‘q. «Manchester Yunayted» Fransiya terma jamoasi a’zosining narxini tushirishga harakat qilmoqchi. Ushbu maqsadda mankunianliklar bitimga hujumchi Markus Reshfordni qo‘shishlari mumkin.

Biroq angliyalik futbolchining mavsumiga 11 million yevrolik maoshi to‘siq bo‘lishi mumkin. Reshfordni «Roma»ga ijaraga berish va bunda maoshning katta qismini Angliya klubi to‘lab berishi ehtimolga yaqinroq variant sifatida ko‘rilmoqda.

Manba: Stadion.uz