«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt «Rusenborg»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (5:0) jamoa sardori rolida maydonga tushgani haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, menda yetakchilik sifatlari bor. Yetakchilarning turli xil turlari bo‘ladi. Juda ko‘p gapiradiganlar bor. Men esa har doim o‘rnak bo‘ladigan va maydonda mehnat qilishdan hech qachon to‘xtamaydigan inson bo‘lishni xohlayman. Men ko‘p yillar oldin ham sardor bo‘lganman, shuning uchun bu rol menga yoqadi. Ayniqsa, maydonda yosh o‘yinchilar ko‘p bo‘lganida, ular bilan muloqot qilishim va maydonda ham, undan tashqarida ham ular uchun qulay muhit yaratib berishim mumkin. Bu rol menga mos keladi, ikkinchi bo‘limda sardor bo‘lish menga juda yoqdi», — dedi Maunt Jurnalist Stiven Reylstonning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0