"PSJ" Fransiyadagi keng ko‘lamli yong‘inlarga bag‘ishlangan bayonot berdi.
Mamlakatdagi anomal issiqlik fonida o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Bir qator departamentlarda eng yuqori darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilindi. Olov qamrab olgan hududlar maydoni 42 ming gektarga yetgani xabar qilindi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubi-g‘arbida 220 ming atrofida kishi evakuasiya qilingan.
"Pari Sen-Jermen" hozirda butun Fransiyani qamrab olgan yong‘inlarga qarshi kurashga jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.
Bizning xayolimiz va xayrixohligimiz ushbu dahshatli yong‘inlardan jabr ko‘rganlar bilan birgadir. Ularga va odamlarni hamda mamlakatimiz hududini himoya qilish uchun tinim bilmay mehnat qilayotganlarning barchasiga matonat tilaymiz", — deyiladi Parij klubi xabarida.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0