«PSJ» vingeri Usmon Dembelening xizmatlariga «Al-Hilol» klubi qiziqish bildirmoqda.
Manba futbolchining ehtimoliy transfer bo‘yicha pozisiyasini ochiqladi. Dembele joriy transfer oynasida «PSJ»ni tark etish imkoniyatini istisno etmayapti. Vinger Parij klubiga 2023 yilda «Barselona»dan o‘tgan edi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 50 million yevroni tashkil etgan.
O‘tgan mavsumda Usmon «PSJ»ga Liga 1 da g‘olib chiqishga yordam berdi. Klub musobaqada «Lans», «Lill» va «Lion» jamoalarini ortda qoldirdi. Shuningdek, parijliklar YECHLda zafar kuchishdi hamda Qit’alararo kubok, Fransiya Superkubogi va Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritishdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0