Fransiyaning «PSJ» klubi «Real»ning transfer bozoridagi kutilmagan qadamidan qattiq norozilik bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, parijliklar Yan Diomande transferi deyarli hal bo‘lganiga va bir necha hafta oldin futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari to‘liq kelishib olinganiga ishongan edi. Biroq «Qirollik klubi» vaziyatga aralashib, kelishuvni o‘z foydasiga hal qilib oldi.

Yuzaga kelgan kelishmovchilik va g‘azab sabab «PSJ» rahbariyati «Real»ning boshqa bir yirik transferi — Rodri uchun kurashga qo‘shildi. Parijliklar madridliklarning intilishlarini jiddiy ravishda qiyinlashtirish va bitim narxini sezilarli darajada oshirib yuborishga umid qilmoqda.

Manba: Stadion.uz