Qirg‘iziston milliy jamoasi sardori Valeriy Kichin O‘zbekiston futbolining rivojlanishi, Superligadagi raqobat va o‘zbek futbolchilarining o‘ziga xos jihatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, tajribali himoyachi 2024-yilning ikkinchi yarmida Toshkentning "Lokomotiv" klubi sharafini himoya qilgan. Kichin mazkur davrda O‘zbekiston Superligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
“Menimcha, o‘zbek futboli juda kuchli o‘sdi. O‘zbekistonga kelganimdan keyin bunga o‘zim amin bo‘ldim. Kuchli legionerlar, kuchli va murakkab chempionat. O‘zbek futbolchilari texnik va chaqqon”, — deydi futbolchi.
Shuningdek, Qirg‘iziston terma jamoasi sardori o‘zbek futbolining jadal taraqqiy etish sabablariga ham to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston futbolining siri nimada? Menimcha, ularda istak va mehnasevarlik juda kuchli”, — deya qo‘shimcha qildi Valeriy Kichin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0