Oldinroq Xarri Keyn «Bavariya»da qolishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Tomonlar amaldagi kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishdi.

Keynning xizmatlariga «Al-Hilol» klubi qiziqish bildirgan edi. Bu haqda Give Me Sport nashri yozmoqda. Ammo hujumchining o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga xayrixoh emas.

Xarri Keyn 2023 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Forvard Nemis klubiga «Tottenxem»dan o‘tgan edi. Grand jamoa safida futbolchi 147 ta uchrashuv o‘tkazib, 146 ta gol urdi va 33 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz