«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, turinliklarning hujum chizig‘ini kuchaytirish borasidagi asosiy transfer maqsadi «Pari Sen-Jermen» forvardi Randal Kolo-Muani bo‘lib turibdi, ammo hozirgacha «byankonerilar» parijliklar bilan bitim qiymati bo‘yicha kelisha olmayapti. Zirkzee esa fransiyalik futbolchiga muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.
Zirkzeening Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. O‘tgan klub mavsumida forvard barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0