«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jofre Mateu klubning yangi hujumchi sotib olish istagi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
Faxriy futbolchi juda kutilmagan nomzodni tavsiya etdi. Mateuning hisoblashicha, «ko‘k-anorranglilar» «Sporting» forvardi Luis Suaresga e’tibor qaratishlari lozim.
«Masalan, «Sporting»dan Luis Suares arzonroq tushadi. O‘ylashimcha, u Olmo, Pedri va Lamin [YAmal] bilan birgalikda hujum chizig‘iga juda katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lar edi. U 35 tadan ortiq gol urishga qodir», — dedi Mateu.
Luis Suares «Sporting» safida 53 ta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda forvard 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0