«Liverpul» tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishni istamoqda, deb xabar beradi jurnalist Santi Auna.

Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar «Monako»ga «PSJ»dan ko‘ra kattaroq summa taklif qilishga tayyor, ammo 24 yoshli yarim himoyachi faqat Parij klubiga o‘tishni xohlamoqda.

Ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Liga 1ning o‘tgan mavsumida Akliush 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz