«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Eduardo Kamavinga bilan suhbat o‘tkazib, unga madridliklar klubida maydonga tushish imkoniyatini qo‘lga kiritish qiyin bo‘lishini tushuntirdi.
Jurnalist Serxio Valentinning xabar berishicha, Mourinyo «Real»ga kelguniga qadar ham ushbu fikrda bo‘lgan.
Klub allaqachon futbolchini sotish bo‘yicha variantlarni izlash bilan shug‘ullanmoqda. Kamavinganing o‘zi esa hozircha jamoadan ketishni istamayapti.
La Liganing o‘tgan mavsumida 23 yoshli fransuz 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0