Istanbulning «Galatasaray» klubi «Milan» hujumchisi Rafael Leau transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Jurnalist Djanluka Di Marsio bergan ma’lumotga ko‘ra, turk klubi portugaliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Biroq «Milan» rahbariyati bunday formatga rozi bo‘lmayapti va o‘yinchini faqat to‘liq sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. Hujumchi 29 iyul kuni «rossoneri»ning Avstraliyadagi mavsumoldi turnesiga borib qo‘shilishi kerak, ammo futbolchining o‘zi Milanda qolishni istamayapti.

Oldinroq Turkiyaning boshqa bir klubi — «Fenerbaxche» Leauga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarni rad etib, ushbu transfer uchun yirik mablag‘ ajratish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Manba: Stadion.uz