Xarri Rednapp Angliya futbol assosiasiyasini (FA) Pep Gvardiolani terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash g‘oyasidan ogohlantirdi.
«Hamma Pepni futboldagi qandaydir sehrli tayoqcha deb o‘ylaydi. U, shak-shubhasiz, genial taktik, ammo uni shunchaki terma jamoaga olib kelib, kafolatlangan g‘alabalarni kutish mumkin emas.
Bizda yirik turnirda g‘olib chiqishga qodir ajoyib jamoa bor. Gvardiola qiyofasida «xaloskor» izlashni to‘xtatish va Tomas Tuxelni to‘liq qo‘llab-quvvatlash kerak», — dedi Rednapp Goal nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Rednapp terma jamoada Gvardiola katta transfer byudjetiga ega bo‘lgan klublardagi yondashuvni qo‘llay olmasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 turnirida angliyaliklar 3-o‘rinni egallashdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0