Oldinroq «Real» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manbaning yozishicha, futbolchining xizmatlariga «Atletiko» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Matraschilar» joriy transfer oynasidayoq Rodrini o‘z saflariga qaytarishni xohlashmoqda.
Ispaniyalik yarim himoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Rodri o‘z vaqtida «Manchester Siti»ga aynan «Atletiko»dan o‘tgan edi. Madridliklar esa o‘z navbatida futbolchini «Vilyarreal»dan sotib olishgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0