«Liverpul»ning italiyalik hujumchisi Federiko Kyeza milliy terma jamoaga ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi.
«O‘tgan mavsumda Gattuzo bilan bir necha bor gaplashdim, ammo u paytda jismoniy jihatdan tayyor emas edim. Menga ko‘proq o‘yin amaliyoti kerak edi va u vaziyatni to‘g‘ri tushundi. Mart oyida maydonga qaytganimda, afsuski, yana jarohat oldim. Ammo, albatta, terma jamoada yana o‘ynash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman. Men milliy terma jamoa bilan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqanman, o‘z mamlakatim sharafini himoya qilish — har doim ajoyib tuyg‘u», — dedi Kyeza The Athletic nashriga bergan intervyusida.
So‘nggi bor Kyeza Italiya terma jamoasi libosida 2024 yilning yozida maydonga tushgan edi. Uning hisobida milliy terma jamoa safida 51 ta o‘yin, 7 ta gol va 8 ta golli uzatma mavjud.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0